Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
13.05.2023
O‘zRVBda valyutaviy fyuchers operatsiyalari joriy etilishi, mobil ilova va markaziy kontragent faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mavzularida taqdimot bo‘lib o‘tadi
2022 yil 3 oktabr kuni soat 16-00da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida tijorat banklari, mahalliy moliyaviy institutlar va OAV vakillari uchun O‘zbekiston respublika valyuta birjasida valyutaviy fyuchers operatsiyalari joriy etilishi, mobil ilova va markaziy kontragent faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mavzularida taqdimot bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda jahon moliya bozori standartlariga muvofiq ishlab chiqilib, joriy etilgan fyuchers platformasining qulayliklari, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorining mobil ilovasi afzalliklari hamda provayder-banklar faoliyatini yo‘lga qo‘yishning asosiy hususiyatlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Shu bilan birga, tadbir dasturidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasi va birja valyuta bozoridagi likvidlik provayderlari o‘rtasida shartnomalar imzolanishi hamda O‘zRVB platformasida fyuchers shartnomalari bilan test savdolari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimlari ham o‘rin olgan.





