Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


06.02.2024

“Toshkent” RFB aʼzolarini soddalashtirilgan tartibda O‘zRVB aʼzoligiga qabul qilish bo‘yicha yagona tartib ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zRVB Faoliyatni huquqiy taʼminlash boshqarmasi boshlig‘i J.Xudoyberdiyev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Mavzu:  “PQ 291-sonli Prezident qarori ijrosi: “Toshkent” RFB aʼzolarini soddalashtirilgan tartibda “O‘zRVB” AJ aʼzoligiga qabul qilish bo‘yicha yagona tartibni tasdiqlash”.

Nutq matni quyida keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq birja aʼzolarini savdolarda qatnashish imkoniyatini oshirish orqali investorlar bazasini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Shunga ko‘ra, “Toshkent” respublika fond birjasi” (“Toshkent” RFB) aʼzolarini soddalashtirilgan tartibda “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” (O‘zRVB) aʼzoligiga qabul qilish bo‘yicha yagona tartibni tasdiqlash va bunda, ikki birja aʼzolarini o‘zaro tan olish tamoyillarini nazarda tutish belgilangan.

Aytish joizki, “Toshkent” RFB hamda O‘zRVBga aʼzolikka qabul qilish jarayonlari mazkur birjalarning ichki qoidalari asosida amalga oshirib kelinmoqda.

O‘z navbatida, ilgari ikki birja savdo ishtirokchilarini aʼzolikka qabul qilishda o‘zaro tan olish tizimi mavjud bo‘lmagan.

Mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, “Toshkent” RFB aʼzolarini soddalashtirilgan tartibda O‘zRVB aʼzoligiga qabul qilish bo‘yicha yagona tartib (Tartib) ishlab chiqildi.

Bunda, ikki birja aʼzolarini o‘zaro tan olish tamoyillari nazarda tutildi.

Mazkur Tartibga muvofiq O‘zRVB aʼzoligiga “Toshkent” RFB aʼzolarini qabul qilishda ikki birja o‘rtasida idoralararo elektron hujjatlar almashinuvini joriy qilish orqali yagona elektron axborotlar bazasi shakllantiriladi.

Birja aʼzoligiga qabul qilish ariza asosida mazkur axborot tizimida mavjud maʼlumotlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi.

Maʼlumotlarni tekshirish jarayonida topshirilgan hujjatlar va maʼlumotlarda kamchiliklar mavjud bo‘lmasa, talabgorni davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish va savdolarda qatnashish huquqini beruvchi O‘zRVBning “V” toifasi bo‘yicha aʼzoligiga qabul qilish yuzasidan 3 ish kunida O‘zRVB Ijroiya organi qarori qabul qilinadi.

Mazkur Tartibga ko‘ra ikki birja o‘rtasida idoralararo elektron hujjatlar almashinuvi joriy qilinishi munosabati bilan O‘zRVBga aʼzolikka qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar soni 2 baravarga kamaytirildi hamda aʼzolikka qabul qilish jarayonining mudati 1 oydan 3 ish kunigacha qisqartirildi.

“Toshkent” RFB aʼzosi tomonidan Tartibning talablari to‘liq bajarilganidan so‘ng, u savdo tizimida qayd etiladi va unga identifikatsiya kodi beriladi.

Shu bilan birga, ikki birja aʼzoligiga qabul qilish jarayonida o‘zaro tan olish tamoyillari joriy etilishi natijasida O‘zRVBning “B” toifasi bo‘yicha aʼzolari “Toshkent” RFB tomonidan uning aʼzosi sifatida o‘zaro tan olinadi hamda ular “Toshkent” RFBdagi birja savdolarida o‘z treyderini akkreditatsiyadan o‘tkazish va shartnoma tuzish orqali qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mazkur Tartibning qabul qilinishi natijasida ikki birja aʼzolarining davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlari bilan birja savdolarida qatnashish imkoniyati kengaytirilib, chet el investorlarining qimmatli qog‘ozlar bozoriga jalb etilishi uchun sharoit yaratilmoqda.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash